INNOVASION TEXNOLOGIYАLAR EKOLOGLAR NAZARIDA


 

2019 yil 28 oktyabr' kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati partiya tashkiloti konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha tuman, shaharlarining partiya tashkilotlari rahbarlari va saylangan delegatlar qatnashdilar. Konferensiyaga Oliy Majlis deputati Farhod Quvvatov raislik qildi.

 

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda tuman, shahar va viloyat Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda partiyaning munosib ishtirokini ta'minlash, partiyaning II s'ezdiga delegatlar saylash kabi masalalar ko‘rildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixanov ishtirok etdi va partiyaning tashkil etilishi, to‘qqiz oy davomida qilingan ishlar va kelajakdagi muhim vazifalarga atroflicha to‘xtaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limidan saylangan delegatlar konferensiya ishida faol qatnashdi. Bo‘lim katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi O‘ktam Hakimov oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda ekologik toza oziq-ovqatlarning innovasion texnologiyalarini hayotga joriy qilish borasidagi ilmiy asoslangan takliflari bilan chiqib, O‘zbekiston Ekologik partiyasining yaqinda bo‘lib o‘tadigan II s'ezdiga viloyatdan saylangan 13 delegatdan biriga aylandi.

Darhaqiqat, BMTning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bilan shug‘ullanadigan tashkiloti xulosalariga ko‘ra, "Oziq-ovqat mahsulotlarining mikroblar bilan ifloslanishi muammosi - bu butun insoniyat uchun tahdiddir". Masalaning dolzarbligi shundaki, dunyoda ishlab chiqarilayotgan xamma oziq-ovqat mahsulotlarining 25 foizi tez vaqtlarda va xar xil hasharotlar va mikroblar ta'sirida yaroqsiz ahvolga kelishi, yiliga 2,2 mln. aholi, shundan 1,9 mln i yosh bolalarning oziq-ovqatlar ifloslanishidan zaharlanishi holatlari kuzatilmoqda. Vaholanki, yaqin kelajakda ko‘p davlatlarda ichida mikroblari, xar xil hasharotlari bor mahsulotlarga ta'qiq qo‘yilishi ehtimoldan holi emas, masalan, AQSh da hozirgi kunda ham yuqorida aytib o‘tilgan nokimyoviy mikroblarga qarshi ishlov berilmagan barcha tropik mevalarga mamlakatga olib kirishga ta'qiq qo‘yilgan.

Yuqorida aytib o‘tilganlarni e'tiborga olgan holda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi jamoasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga noximiyaviy yo‘l bilan ya'ni tezlashtirilgan elektronlar yordamida mikroblarga qarshi ishlov berish bo‘yicha va ko‘plab yangi innovasion texnologiyani O‘zbekistonda tadbiq qilish maqsadida Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Bolgariya kabi qator davlatlar bilan hamkorlik ishlarini boshlagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!