Ilmning kelajagi – yoshlarning qo‘lida


Joriy yilining 28 yanvarida Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S.Yuldashev bilan yosh olimlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda FA Navoiy bo‘limi yosh xodimlari ham qatnashdi.

 

 

Tadbir davomida B.Yuldashev so‘nggi yillarda Respublikada fan va ta'lim sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar, olimlar va o‘qituvchilarga, hususan, ularni moddiy rag‘batlantirishga, samarali faoliyat olib borish uchun shart sharoitlarni yaxshilashga va jamoatchilik nufuzini oshirishga kuchaygan e'tibor haqida gapirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida qo‘yilgan vazifalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yo‘nalishdagi ishlar nafaqat davom ettirilibgina qolmay, balki uning ustuvor yo‘nalshlaridan biri ekanligini ma'lum bo‘lmoqda. Xususan, “biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovasiya bilan erisha olamiz” deb ta'kidlagan. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi, shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovasion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Bexzod Sodiqovich yoshlar g‘ayratga to‘la, ular yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, berilgan ishonch uchun javobgarlikni his qilishlari kerakligini ta'kidladi, chunki ilm-fan va mamlaktning kelajagi ularning qo‘lida. O‘z hayotlarini ilm-fan bilan bog‘lashga qaror qilgan yosh yigit-qizlar o‘zlari ustuda tinimsiz ishlashlari chet tillarini o‘rganishlari va o‘z tadqiqotlarida eng yangi usul va texnologiyalardan foydalanishlari kerakligini aytib o‘tdi. U suvni tozalash va zarasizlantirish, tuproqning sho‘rlanishi va boshqa muammolarni hal etish kabi dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

Yig‘ilishda shuningdek, muassasalarda o‘tkaziladigan ilmiy-texnik seminarlar sonini ko‘paytirish zarurligi haqida so‘z yuritildi, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish uchun qanday choralar ko‘rilganligi qayd etildi. Ochiq muloqotda yosh olimlar imtiyozli turar joy olish, laboratoriya jixozlarini yangilash, xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish kabi masalalarni ko‘tarildi.

Fevzi ISTABLAEV,

bo‘limning matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!