Bo‘limga taniqli olimlar tashrif buyurishdi


2022 yil aprel oyining so‘nggi kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi yosh ilmiy xodim va doktorantlarning yodida taniqli olimlar bilan uchrashuv sifatida esda qoladigan bo‘ldi.

Misol uchun, xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarining innovatsiya haftaligi doirasida 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademisi Navoiy bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasining Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Karima Tuxtabayevna Norqulova Navoiy viloyatidagi hamkasblari bilan tashrif buyurib olima xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda olima ayollarning ilm-fandagi o‘rni va O‘zbekistonda ular uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar hamda sohalarda mavjud muammolar to‘g‘risida fikr almashildi. Jumladan, K.Norqulova Respublika va halqaro miqiyosida o‘tkazilayotgan yosh olimlarning tanlovlarida loyihalar bilan ishtirok etishni maslahat berdi.

Shundan so‘ng Bo‘limning xotin-qizlardan iborat doktorant va stajyor-tadqiqotchilari o‘zlarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida gapirib, mexmonlarga Bo‘limning iliy-tadqiqot laboratoriyasiga ekskursiya uyushtirdilar.

Tadbir so‘ngida K.Norqulova yosh olimalarni ilmga jalb qilish bo‘yicha kerakli maslahatlarni berib o‘tdi. Bo‘lim yosh olimalari va tadqiqotchilari esa o‘zlariga kerakli tavsiyalarni olganlarini ta'kidladilar.

29 aprel kuni esa Bo‘limga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutidan texnika fanlari doktori, akademik Shafoat Sattarovich Namazov boshchiligida bir guruh olimlar tashrif buyurib, Bo‘limda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mineral, ayniqsa fosforit o‘g‘itlar yo‘nalishida ishlanmalari bilan dunyoga mashhur akademik Sh.Namazov o‘z navbatida 2022 yil 19-20 mayda Navoiyda o‘tkazishga rejalashtirilgan Bo‘limning 5-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tdi. Bundan tashqari, tadbirda Navoiy bo‘limiga ilmiy ishlanmalarni takomillashtirish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi laboratoriya binosi zarur ekanlgini ta'kidlab o‘tildi.

FA Navoyi bo‘limi matubot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!