Zarafshon vohasi olimlarning diqqat markazida


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirishi: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” V xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ilmiy xoimlari va doktorantlari faol ishtirok etdilar. Jumladan, tashkiliy qo‘mita prezidiumida Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev ham bor edi.

Birinchi kun, 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi – bosh direktori Quvondiq Sanaqulov o‘zining ochilish nutqida xalqaro tadbir ishtirokchilarini qutlab, an'anaga aylangan anjumanda Zarafshon vohasining yutuqlari va muammolarini muhokama qilish va qo‘shma qarorlar qabul qilish maqsadida dunyoning turli davlatridan olimlar, sanoat korxonalari mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar beshinchi marta yig‘ilganini ta'kidladi.

Ushbu anjumanda o‘ndan ortiq mamlakat, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya va Germaniyadan turli korxonalar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari vakillari qatnashdilar. Taqdimotlar ham jonli, ham onlayn tarzda o‘tkazildi.

Navoiy bo‘limi ilmiy xodimlari va doktorantlari tomonidan “Qazilma tuzlar konlaridagi (Hisorning janubi-g‘arbiy tizmalari) bo‘sh oltinning muammolari”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ionlashtiruvchi nurlanish bilan ishlov berish texnologiyasi”, “Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida mobil geologiya qidiruv otryadi va mobil ekspress analiz qiladigan stansiyani tashkil etish istiqbollari” kabi va boshqa mavzularda tezislar tayyorlandi.

Ikkinchi kuni, 19 aprelda NDKTU kafedralarida tematik uchrashuvlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalari, shuningdek texnoparkka ekskursiya tashkil etildi.

FA Navoiy bo‘limi matubot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!