Yubileyga bag‘ishlangan intellektual o‘yin


Yubileyga bag‘ishlangan intellektual o‘yin

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 30 sentyabr kuni “Zakovat Arena” yopiq majmuasida tizim ilmiy tashkilotlari o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi.

Musobaqada FA tizimida respublikaning turli hududlarida faoliyat olib boruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek FA Navoiy bo‘limi ilmiy xodimlaridan tashkil topgan jami 31ta jamoa ishtirok etdi. Uch tur davom etgan o‘yinda jami 36ta savol o‘ynaldi. G‘oliblik uchun keskin kurashlar ostida kechgan o‘yinda Xorazm Ma'mun akademiyasi birinchi o‘rinni egalladi.

FA Navoiy bo‘limining “Navoiy izdoshlari” jamoasi ham faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan tag‘dirlandi.

Fevzi ISTABLAYEV,

FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!