Xashar-elga yarashar!


2022 yilning 30 aprelida O‘zbekiston Respublikasida «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Unda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi jamoasi faol ishtirok etdi.

Shuni ta'kidlash joiz-ki, yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an'anaga aylangan bo‘lib, mazkur umumxalq tadbir muborak Ramazon hayitini nishlonlash arafasida tashkil etildi.

Hashar davomida Bo‘limning Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida atrofni tozalash, mevali va manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekish, daraxtlar oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.

Daraxt ko‘chatlarini ekishda ularga ozuqa sifatida bentonit, vermikulit va organik o‘g‘it aralashmasi ildiz atrofiga suv bilan qo‘yildi. Mazkr jarayonda Bo‘limga mehmon bo‘lib kelgan Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari ham texnika fanlari doktori, akademik Shafoat Namazov boshchiligida qatnashdilar. Bunda Shafoat Sattarovich “Ustoz-shogird” an'analariga rioya qilib, o‘z shogirdlari – doktorant va magistrantlar bilan birga daraxtlarni ekdilar.

FA Navoiy bo‘limi matuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!