Respublika yosh olimlar konferensiyasi oʻtkazildi


2018-yil 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi, OʻzR FA Navoiy boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Fan va taʼlimni rivojlantirishda yoshlarning oʻrni” mavzusida Respublika yosh olimlar ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda OʻzR FA rahbariyati, ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi tadqiqotchilari, Yosh olimlar kengashi aʼzolari, shuningdek, Termiz, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yosh izlanuvchilari hamda Rossiya Federatsiyasi “Salyus” kompaniyasi direktori Ivankov Yegor Aleksandrovich ham ishtirok etishdi.

 

Konferensiya ikki bosqichda – ochilish va plenar (umumiy) yigʻilish hamda ilmiy maʼruzalar taqdimoti shaklida boʻlib oʻtdi. Konferensiya davomida fizika-matematika va texnika, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning dolzarb muammolari va yechimlari haqida bahs-munozaralar olib borildi.

Konferensiya yakunida yosh tadqiqotchilar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!