Paxtachilik bo‘yicha seminar


2023 yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi Navoiy viloyati ishchi guruhi a'zolari ishtirokida Navbahor tumanida fermerlar va soha mas'ul xodimlari uchun paxtachilik boyicha seminar tashkil etildi. Tadbirda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari o‘z ma'ruzalari bilan faol qatnashdilar.

Seminar paxtachilikka asoslangan bo‘lib, unda tinglovchilarga chigitni ekkan davrdan boshlab toki hosilni yetishtirib, kasalliklarga qarshi kurashib, uni yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlarda biostimulyatorlarni qo‘llash va bentonit gillari kukunidan foydalanish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

Paxta hosildorligini yangicha usullarni yo‘lga qo‘yish orqali oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovasiyalarga asoslangan sinovli tajribalar bo‘yicha yig‘ilgan tuman fermerlariga izoh berildi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!