O‘qituvchi va murabbiylarni sharafladilar


30 sentyabr kuni Navoiy davlat konchilik institutining faollar zalida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda zalda yig‘ilgan NDKI professor-o‘qituvchilarni va FA Navoiy bo‘limi xodimlarini tabrik so‘zi bilan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bosh direktori Quvondiq Sanaqulov qutladi va O‘zbekitston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrik so‘zlarini yetkazib qo‘ydi.

Q.Sanaqulov ustoz va o‘qituvchilik nafaqat sharafli va ma'suliyatli kasb, balki yosh avlod va davlat oldida burch bo‘lganini ta'kidlab, tadbir ishtirokchilariga, ayniqsa, yoshlarga ilm bilan shug‘ullanish shartligini aytib o‘tdi. Chunki faqat ilm bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘ladi.

Bundan tashqari NKMK bosh direktori bir guruh professor-o‘qituvchilarni hamda olimlarni ,,Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlar, faxriy yorliqlar, pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Ularning ichida FA Navoiy bo‘limi xalqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Quvondiq Nurboev ham bor edi. 60-yoshlik yubileyi munosabati bilan Q.Nurboevga tabriknoma, faxriy yorliq bilan birga zar chapon berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!