Navbatdagi dissertasiya himoyasi bo‘lib o‘tdi


2022 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti Zarif Tursunov 02.00.13 – “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “IES faol kul-toshqol aralashmasi bilan modifikasiyalangan portlandsement olish texnologiyasi” mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi.

Dissertasiya himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy kengashning majlisida bo‘lib o‘tdi. Shu bilan, Zarif dissertasiyasini himoya qilgan Bo‘limning yettinchi doktoranti bo‘ldi.

Tadqiqotlar davomida Z.Tursunov tomonidan ilk bor faol kul-toshqol aralashmasini fizik-kimyoviy, texnologik xossalari hamda sementga faol mineral qo‘shimcha sifatida foydalanish imkoniyati ilmiy va amaliy isbotlandi. Natijada tarkibida yuqori haroratda kuydirib olingan qimmatbaho klinkerning 20 foizgacha qismi arzon FKTA bilan almashtirilgan qo‘shimchali PSlarning samarador tarkiblari ishlab chiqildi.

Ilmiy kengashning barcha a'zolari Zarif Tursunov texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilishini bir ovozdan ma'qulladilar.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!