Istiqbolli uchrashuv


Respublikamizda 2019 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi YuNESKO tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda, davlatimiz hududlarning ilmiy va innovasion salohiyatini analitik tahliliga yo‘naltirilgan “O‘zbekistonda fan, texnologiyalar va innovasiyalar inklyuziv tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

 

Ushbu loyiha doirasida fan, texnologiyalar va innovasiyalarning rivojlanish darajasi, mavjud infratuzilmasi, ilmiy-texnik xolati va yuqori salohiyatga ega bo‘lgan yirik innovasion loyihalarni o‘rganish maqsadida Vazirlikning vakillari – xalqaro konsul'tant va vazirning maslahatchisi Aleksandr Soy hamda texnik ko‘mak loyihalarni koordinasiya qilish va qo‘llab-quvvatlash sektori mudiri Sardor Nazarov O‘zbekistonning xududlari sari yo‘l oldilar.

 

 

10 noyabr' kuni ular Navoiy viloyatining ilmiy faoliyat yurituvchi tashkilotlariga tashrif buyurishdi. Ularning safida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ham bor.

Mehmonlar mazkur loyiha O‘zbekistonda ilm va innovasiyalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashkilotlarning quyilgan ilk kadamlari bo‘lganiligini ta'kidladilar. Uning amalga oshishi kelajakda katta hajmdagi chet-el texnik ko‘magini jalb qilishga zamin yaratadi. Shuning uchun, Vazirlik vakillari ko‘proq xalqaro loyihalar tayyorlash kerakligini maslahat qildilar va kerakli konsul'tasiyalar berdilar. Shuningdek, xalqaro jurnallarda ilmiy maqola chop ettirish faolligini oshirish va ilmiy-tadqiqot loyixalarini moliyalashtirish uchun xalqaro grant dasturlarida ishtirok etish maqsadida hududiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun joriy oyda vebinarlar va onlayn treninglar o‘tkazilishi hakida ma'lumot berib o‘tdilar.

O‘z navbatida FA Navoiy bo‘limi raisi Abdurazzoq Mirzaev, uning xalqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Quvondiq Nurboev, “Qayta tiklanuvchi energiya, energotejamkorlik va ekologiya” bo‘limi mudiri O‘ktam Xakimov hamda yetakchi muhandis-texnolog Sergey Pochtoviylar Bo‘limning faoliyati to‘g‘risida so‘zladilar va tayyorlangan istiqbolli loyihalarni namoyish etdilar. Ularning ba'zi birlari mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir ishtirokchilari konstruktiv suhbatdan mamnun bo‘ldilar.

Fevzi ISTABLAEV,

FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!