Ijro-intizom – muhim masala


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy bo‘lim mudiri Nodira Abduraxmanova, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Jaxongir Tolipjonov hamda Axborot kommunikatsiya texnologiyalar sektori rahbari Normamat Tilovovlar 2023 yil 10 iyul kuni Navoiy bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Yurtimiz poytaxtidan kelgan mehmonlar Bo‘limda ish yuritish, ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish ahvolini o‘rgandilar va o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar. Shuningdek, ijro-intizom va kelib tushgan hujjatlar bo‘yicha qilingan ishlarni nazorat qilish uchun qo‘layliklarga ega yangi Ijro.gov.uz tizimi bo‘yicha tushinchalar berib, Bo‘limning ilmiy va texnik xodimlarga unda ishlash bo‘yicha konsul'tasiya o‘tkazdilar.

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasining mutaxassislari Bo‘limining Nurota tumani “Umrbek” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan Yevrotexnologiya asosida parvarishlanayotgan pavlovniya plantasiyasida bo‘lib, daraxtlarning mahalliy sharoitga moslashish jarayonlari bilan tanishdilar. Bo‘lim olimlari va Toshkentlik mehmonlar pavlovniya daraxtlarining bugungi kunda texnik kesimdan so‘ng 2,0-2,7 metr o‘sganligi va yaxshi rivojlanayotganligini alohida e'tirof etdilar.

FA Navoiy bo‘limi matubot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!