Doktoranturaga kirish imtihonlari o‘tdi


2022 yilning 19 dekabr kuni Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining doktoranturasi va tayanch doktoranturasiga mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Xolislik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida talabgorlardan imtihonlarni respublikamizning poytaxti va turli viloyatlardan tashrif buyurgan yetakchi o‘qituvchilar va olimlar, shuningdek ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari qabul qildilar. Bundan tashqari, butun jarayon Fanlar akademiyasi o‘zida va aloqador muassasalarda onlayn tarzda kuzatildi.

Imtihonlar boshlanishidan avval Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev so‘zga chiqib, talabgorlarni bu kun bilan tabrikladi va omad tiladi. U yosh olimlarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga, shu jumladan, zarur hollarda Navoiy bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va ilmiy xodimlari hamda respublikaning yetakchi sanoat korxonalari mutaxassislaridan yoshlarning tanlagan yo‘nalishidagi tadqiqotlarini samarali olib borishlariga amaliy yordam olish imkoniyati borligini ta'kidlab o‘tdi. Asosiysi, u yoshlarga tanlagan yo‘lidan qaytmasliklarini hamda mamlakatimiz ilm-fani va iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shishga, tanlagan kasbiga fidoiy bo‘lish keraklilarini o‘qtirdi.

Imtihonlar yuqori saviyada o‘tkazildi, tanlov natijalari yaqin orada ma'lum bo‘ladi. Joriy yil doktorantura (DSc) uchun 1ta, tayanch doktorantura (PhD) uchun 10ta hamda maqsadli doktorantura uchun 1ta kvotalar ajratildi. Shu bilan birga, oliy malakali ilmiy kadrlarni jalb qilish amalga oshiriladigan oltita yo‘nalishdan uchtasi yangi. Bular “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”, “O‘simlikshunoslik” va “Qishloq xo‘jaligi xayvonlarini urchitish, kupaytirish seleksiyasi va genetikasi. Qorako’lchilik” yo‘nalishlaridir.

Shunday qilib, 2023 yil yanvar oyidan boshlab Navoiy bo‘limida yangi 1ta doktorant (DSc) va 11ta tayanch doktorant (PhD) o‘z ilmiy tadqiqotlarini boshlaydilar. Ta'kidlash joizki, Bo‘limda doktorantura 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 1ta fan doktori (DSc) va 9ta falsafa doktori (PhD) dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar, ularning yarmidan ko‘pi tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bilan muddatidan oldin himoyaga chiqdilar.

Shu bilan birga, 16 dekabr kuni Bo‘limning Stajyor-tadqiqotchilar institutida o‘qishga talabgorlar ham o‘z bilimlarini sinadilar. Ular uchun 4ta o‘rin ajratilgan.

Fevzi ISTABLAYEV,

FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!