O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yil 12-13 mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan Majlisda berilgan topshiriqlar yuzasidan joriy yilda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiga qarashli “Qizilqum” ilmiy tadqiqot tajriba stansiyasi Nurota tumanida 500 gektar yer ajratish va urug‘chilikni tashkil qilish maqsadida 3 mlrd. sum mablag‘ ajratish vazifalari yuklangan edi.
Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi qoshida 2019 yil 6 may kuni “Qizilqum ilmiy tadqiqot tajriba stansiyasi” Davlat unitar korxonasi tashkil etildi va Navoiy shahar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mazkur korxonada FA Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan cho‘l ozuqabop yaylov o‘simliklari urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.