Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse prezidenti B.Ibragimov hamda FА tasarrufidagi turli ilmiy tadqiqot institutlaridan vakillar joriy yilning 5-9 sentyabr kunlari Qirgʼiziston Respublikasida boʼlib oʼtgan Xalqaro ilmiy amaliy seminarda ishtirok etishdi.
Seminarda moddalar tarkibi va yadro energetikasi muammolarini oʼrganishning zamonaviy obʼektiv usullari, oʼrta asrlarda Markaziy Osiyo olimlarining matematika ilmi-fan rivojiga qoʼshgan hissasi, mintaqaning biologik xilma-xilligini saqlash va mahalliy oʼsimliklarga asoslangan farmakologiyaning rivojlanish istiqbollari mavzulari muhokama qilindi.
Hususan, Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi raisi А.Mirzaev Qizilqum sahrosida noruda foydali qazilmalarini qazib olish istiqbollarini kvarts tuprogʼi misolida gapib berdi. Tinglovchilarda Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 13,5 mln. tonna zaxirsaiga ega Djeroy koni hamda uning kvarts qumlarini pulsatsion kolonnalari yordamida sutkasida 1 tonna rudani boyitish fabrikasi loyixasi juda katta qiziqish uygʼotdi. Ushbu kolonnaning Navoiy boʼlimida patenti mavjud boʼlib, u xozir foydalanayotgan flotatsion mashinadan koʼra raqobatbardoshdir.
Bundan tashqari, Oʼzbekistonlik vakillar Qirgʼiziston Respublikasining “Social Tree” jamoat birlashmasi kompaniyasining pavlovniya plantatsiyasiga tashrif buyurishdi. Pavlovniyani nafaqat ekzotik daraxt, balki ekologlarning xozirdagi xazinasidir, negaki u nafaqat changni oʼzida yutadi balki u boshqa oʼsimliklik daraxtlarga nisbatan karbonat angidridni qayta ishlashi yuqoridir. U tez suratda oʼsish boʼyicha yuqori koʼrsatgichga ega boʼlib, yiliga oʼrtacha 4,5 metr oʼsadi. Uning yogʼochi yengil, shunga qaramasdan tarkibi juda zich boʼlib, undan mebelь va qurilish materialarida keng qoʼllaniladi. Katta barglari esa uy xayvonlariga yemish hisoblanadi. Qirgʼiziston tadbirkorlari tomonidan toshloq lalmi yerlarda ekilgan boʼlib, tomchilatib sugʼorish texnolgiyasidan foydalanidi. Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimida pavlovniya oʼsimligiini Nurota tumanida yetishtirish boʼyicha yozilgan loyiha mavjud boʼlib, ushbu loyihani Qirgʼiziston vakillarga hamkorlik qilish uchun taqdim etildi.
Xalqaro seminar tadbir yakunida ikki tomonlama, yaʼni Oʼzbekiston hamda Qirgʼiziston oʼrtasida ilmiy hamkorlik qilishiga kelishildi.