2022 yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti Navruzbek Xurramov 02.00.13 – “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kuydirilmagan Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ekstraksion fosfor kislotasi olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi.
Dissertasiya himoyasi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashning majlisida bo‘lib o‘tdi. Shu bilan, Navruzbek dissertasiyasini himoya qilgan Bo‘limning oltinchi doktoranti bo‘ldi.
Tadqiqotlar davomida N.Xurramov tomonidan ekstraksiya fosfor kislotasini olish uchun fosforli materiallar xomashyolarini kengaytirish va olingan mahsulotlar tan-narxini pasaytirish imkonini beradigan, kuydirilmay yuvib quritilgan fosfokonsentratini sul'fat kislotali parchalash yo‘li bilan EFK olishning samador texnologiyasi ishlab chiqildi.
Ilmiy kengashning barcha a'zolari Navruzbek Xarramov texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilishini bir ovozdan ma'qulladilar.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.