Ilm-fаn vа ishlаb chiqаrishning integrаtsiyasi yoʼlidа


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimida joriy yilning 4 sentyabrь kuni boʼlim raisi А.Mirzaev, uning oʼrinbosari X.Xamidov va ilmiy kotib K.Nurboev hamda NKMKning innovatsion rivojlanish boʼyicha bosh muhandis oʼrinbosari K.Dadabaev, yangi texnologiyalarni tadbiq etish Innovatsion markazi boshligʼi U.Sharafutdinov va gruppa rahbari Gʼ.Musaevlar ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Suhbatda 2019 yil 1 iyunda boʼlib oʼtgan NKMKning Ilmiy-texnik kengash bayoni vazifalarini muhokama qilindi.
Shuni eslatib oʼtamiz-ki, joriy yilning 13-14 may kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimining Idoralararo ilmiy-texnik kengashning oltinchi Kengaytirilgan ishchi yigʼilishi boʼlib oʼtgandi. Ushbu anjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 11ta Ilmiy tadqiqot institutlari va respublikamizdagi Oliy taʼlim muassasalari hamda Ilmiy markazlardan qirqdan ortiq yetakchi ilmiy xodim va doktorantlar ishtirok etishib, NKMK Markaziy va Shimoliy kon boshqarmalarining ishlab chiqarish jarayonlarini koʼrishga muvaffaq boʼlishgandi. Ilmiy tadqiqot institutlarining yetuk olimlari hamda ishchi xodimlari Navoiy viloyati ishlab chiqarish korxonalari, xususan, NKMKning ishlab chiqarish bilan bogʼliq muammolari yechimiga yoʼnaltirilgan 50 dan ortiq ilmiy takliflari muhokama qilindi. 
Uchrashuvda ushbu ilmiy tadqiqot takliflarining 22tasi NKMKning ITKsida koʼllab-quvvatlandi haqida alohida taʼkidlab oʼtildi. Аmmo, ulardan baʼzi mavzular boʼyicha hozirgi kungacha obʼektiv va subʼektiv sabablarga koʼra xoʼjalik shartnomalari tuzilishida qiyinchiliklarga uchrashining sabablari ham aytib oʼtildi. Muhokama jarayonida ushbu muammolarning tezroq yechimini topilishi, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi yoʼlida qoʼyilan yana bir qadam boʼlishi hamda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqning farovonligini oshirishda muhim oʼrin tutishi asosiy mavzu boʼldi.
Joriy yilning 5 sentyabrь kuni taklif etilgan mavzular boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti “Fizika- Quyosh” IChB olimlari M.Payzullaxonov, Sh.Nurmatov, E.Nodirmatov, O.Rajamatovlar Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimiga tashriflari chogʼida oʼzlarining yangi ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini taqdimotini oʼtkazdilar. Ushbu “davra suhbati”da NKMKdan yuqorida koʼrsatligan vakillaridan tashqari А.Saidov, I.Ortiqov, T.Xudoyberdiev, N.Аrtikov va Sh.Аvezovlar ham ishtirok etishdi.
Poytaxtdan kelgan mehmonlar oʼzlari bilan maxsus mahsulotni va “Tenziometr” nomli namlikni oʼlchovchi vositani amalda qullash yoʼllarin namoyish qildilar. NKMK mutaxassislari ushbu ishlanmalarga baho berar ekan, ulrni hali takomiliga yetkazish va har xil sharoit va vaziyatlarda ularni tadqiq qilish lozimligini taʼkidladilar. Tomonlar kelajakda yaqin hamkorlikni yoʼlga quyish orqali ushbu muammolarni yechish va soʼngra xoʼjalik shartnomalarini tuzishga kelishib oldilar.
Uchrashuvdan soʼng konstruktiv muloqotni yanada kengaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilmiy tadqiqot institutlari va respublikamizdagi Oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga tegishla xatlar joʼnatildi. 
Fevzi ISTАBLАEV,
FА Navoiy boʼlimi matbuot kotibi.