Bayramlar arafasida hashar

2022 yilning 18 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Unda Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi jamoasi faol ishtirok etdi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida ko‘tarinki ruhda hashar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazildi. Jumladan, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash tadbirlari tashkil etildi.

Shuningdek, hashar davomida Bo‘limning Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida atrofni tozalash, yer chopish, gul ko‘chatlari ekish, daraxtlar oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.

 

 

FA Navoiy bo‘limi matuot xizmati.