O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan karantin qoidalariga amal qilgan holda, ochiq maydonda davra suhbati o‘tkazildi. Unda FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar, doktorantlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv Toshkent botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Unda Fanlar akademiyasi tomonidan qilingan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi. Ishtirokchilar savollariga batafsil javob oldilar va konsert dasturidan bahramand bo‘ldilar.
Tadbir doirasida FA matbuot xizmati bilan ijodiy hamkorlik qilayotgan ITM xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taqdirlandi.
Quvonarlisi, FA Navoiy bo‘limi katta ilmiy xodimi Fevzi Istablayev Bo‘limning faoliyatini bosma va elektron nashrlarda yoritishdagi faolligi uchun munosib rag‘batlantirildi. Unga va boshqa bir qator ITM va OAV vakillariga tantanali ravishda Fanlar akademiyasining tashakkurnomalar va sovg‘alari topshirildi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.