Boltiq bo‘yi davlati bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Navoiy bo‘limida bo‘lim raisi Abdurazak Mirzaev Latviya Respublikasi "BAO" aksiyadorlik jamiyati kegashi raisi Yanis Vilgert bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek muzokaralarda Toshkent shahrida faoliyat yuritaetgan «Shayakubov and Partners» MChJ geologiya kompaniyasi bosh direktori Sergey Kadomskiy ham ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida mehmonlar Navoiy bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha va ishlanmalar bilan tanishtirildi. Tomonlar tog‘-kon va geologiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va chuqurlashtirish, zamonaviy innovasion texnologiyalarni joriy yetish, qo‘shma tadqiqotlar, konferensiyalar, konsul'tasiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olishdi.

 

 

Muzokaralar natijasida Navoiy bo‘limi va “VAO” AJ o‘rtasida o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi. Xususan, ushbu Memorandum “VAO” AJ ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarini kiritish yo‘li bilan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish orqali foydali qazilmalarni, jumladan, donador fosforitlarni qazib olish va qayta ishlash, texnogen hamda maishiy chiqindilarini qayta ishlash, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Mablag‘lar, shuningdek, mintaqada ma'dan va noma'dan minerallar uchun geologiya qidiruv ishlarini olib borish, cho‘llanish va tuproq sho‘rlanish oldini olish maqsadida suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun zamonaviy innovasion texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xom ashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar yaratilishiga yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari, Navoiy viloyatida innovasion texnoparklari hamda yangi texnika va texnologiyalarni yaratish, shuningdek, fan-texnika va innovasiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Fevzi ISTABLAEV,

Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.