Joriy yilning may oyi oxirida Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi Noruda va texnogen foydali qazilmalar bo‘limi mudiri Baxtiyor Sabirov Belorussiyaning oliy ta'lim muassasalariga tashrif buyurib, ularning laboratoriyalarida mavjud imkoniyatlari bilan tanishdi.
Xususan, Belorussiya milliy texnika universiteti rahbariyati O‘zbekistonlik mehmonga doimo hamkorlikka tayyor ekanligini, jumladan, turli sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muhandislik va ilmiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Ilmiy doiralarda taniqli bo‘lgan olim, Belorussiya davlat texnologiya universiteti Shisha va keramika texnologiyalari kafedrasi mudiri Yuriy Pavlyukevich B.Sabirovni universitet faoliyati, sinov laboratoriyasi va u yerdagi jihozlar bilan tanishtirdi. Ular O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriyasi mudiri Z.Qodirova bilan birgalikda bazaltdan tola olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va grant olish uchun talabnoma berishga kelishib oldilar.
Navoiy bo‘limida bazalt va tarkibi sir bo‘lgan qo‘shimchalardan tashkil topgan o‘ta engil materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Birinchisini armatura yasash, ikkinchisini esa sementga qo‘shish mumkin. Engil konstruksiyani shaxtalarda qulashlarni oldini olish maqsadida tepa qismlarni yopish uchun juda foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, bazalt yonmaydi va namlikka chidamli, ya'ni bu korroziyaga moyil bo‘lgan metall armaturalarga nisbatan yana bir afzallikdir.
Mazkur hamkorlik tadqiqot jarayonida yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal qilishga yordam beradi.
Yuqorida qayd yetilgan Belorussiya universitetlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.
Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.