Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limida Bo‘lim raisi Abdurazak Mirzayev, yosh olimlar va Belarus Respublikasi “BMTUning "Politexnik" ilmiy-texnologik parki" DKning yetakchi ilmiy xodimi Konstantin Baranovskiy o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida tashkilotlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma'lumot almashildi. Shuningdek, K.Baranovskiy aytishicha BMTUning "Politexnik" ilmiy-texnologik parki – bu Belarus universitetlarining birinchi va eng yirik texnoparki bo‘lib, yangi innovasion korxonalar va sanoatlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Uning mijozlari zamonaviy infratuzilma, muhandislik, butun dunyo bo‘ylab hamkor tarmog‘iga kirish imkoniyatlariga ega bo‘lib, biznes uchun kompleks xizmatlar olishi mumkin. Xususan, ayni paytda bu yerda tibbiyotning turli yo‘nalishlari hamda materialshunoslikbo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari noma'dan foydali qazilmalarni qazib olish va ulardan qurilish materiallari ishlab chiqarishda manfaatlar kesishuvi nuqtalarini topdilar. Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik har ikki tomon uchun foydali va manfaatli bo‘ladi, degan xulosaga keldilar.
Bu boradagi dastlabki qadam Navoiy bo‘limi va “BMTUning "Politexnik" ilmiy-texnologik parki" DK o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bo‘ldi. Ta'kidlash joiz-ki, bu Belarus tadqiqot muassasalari bilan imzolangan bunga o‘xshash birinchi hujjat emas. Bo‘limda Belarus davlat texnologik universiteti bilan ham memorandum mavjud.
Fevzi ISTABLAYEV,
FA Navoiy bo‘limi matbuot kotibi.