Oʼzbekiston olimlari chigitni bentonit bilan qobiqlab ekish usulini yoʼlga qoʼydilar

 

Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan chigitni bentonit gillari kukuni bilan qobiqlab ekish usuli Oʼzbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilib, tijoratlashtirish yoʼlga qoʼyildi.
Ilmiy ishlanmaniti joratlashtirish, qishloq xoʼjaligiga joriy etish hamda ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish maqsadida, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan koʼrgazmalarda Fanlar akademiyasining Navoiy boʼlimining ilmiy ishlanmalari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tanishtirilgan. Natijada “Аzkamar” MChJ ushbu loyihaga qiziqish bildirib, litsenziya shartnomasi imzolandi. Shartnomada Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi mualliflik huquqi eʼtiborga olinib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish natijasida olingan foydaning 20 foizi Fanlar akademiyasining Navoiy boʼlimi hisob raqamiga oʼtkazib beriladi.
“Аzkamar” MChJ korxonasi yiliga 50 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlib, hozirgi kunga qadar 500 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Loyiha doirasida chigitni bentonit kukuni bilan kapsulalab ekish uchun Navoiy viloyatidagi Аzkamar koni bentonit gillaridan foydalanildi. Viloyatlar kesimida chigitni kapsulalash 2019 yilning aprelь oyida oʼtkazildi. Chigitni bentonit kukuni bilan kapsulalash Oʼzbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bentonit dunyoning koʼplab mamlakatlarida, xususan, Chexiya, Slovakiya, Italiya, АQSh, Misr, Ukraina, Gruziya, Rossiya, Yaponiya va Xitoyda qoʼllanilib, qishloq xoʼjaligi ekinlarining hosildorligini 20-32,6 foizga oshirishga muvaffaq boʼlinmoqda. 40 tadan ortiq mikroelementlarni oʼzida jamlagan bentonit tabiatda kimyoviy mineralogik jihatlari bilan farq qilgan holda uchraydi. Noanʼanaviy agrorudalardan olingan mineral xom ashyo — betonit turli darajada maydalanadi va chorva mollari hamda parranda ozuqalarining sifatini oshirish maqsadida qoʼshib beriladi, shuningdek, qishloq xoʼjalik ekinlarida mahalliy oʼgʼit sifatida ishlatiladi.
Bentonitning shimish xususiyati tuproqning suv-fizik va fizik-kimyoviy xossalariga yaxshi taʼsir qilishi, ularning tarkibida 20-60% va undan koʼp magniyli montmorillonit mineralining mavjudligidadir, shuning uchun oʼzgaruvchan, boʼkuvchan va almashuvchan kation va anionlarning hajmi 100 gr tuproqda 23-150 mg/ekvni tashkil etadi. Qolaversa, bentonitlar oʼsimliklar uchun ozuqa manbai hisoblanadi, ularning tarkibida 0,3-4,7 % uglerod, 0,4-3,0 % kaliy, 0,3-1,0 % fosfor mavjuddir.
Bundan tashqari unda koʼplab mikroelementlar: mis, rux, bor, kobalьt, molibden, marganets, oltingugurt mavjud. Oʼsimlik ildizi tarqalgan tuproq qatlamidan bentonit harakatchan shakldagi ozuqa unsurlari va gumusni suv bilan yuvilib ketishidan saqlaydi hamda tuproqda uglerod, azot, fosfor va kaliy zaxirasini koʼpaytiradi.
Noanʼanaviy agroruda bentonit bilan kapsulalangan chigitlarni ekish gʼoʼza koʼchatlarining unib chiqishini 1-2 kunga jadallashtirib, salmogʼini 10-12% koʼpaytirishi va hosildorlikning 2,2-2,7 5 s/gektar yuqori boʼlishiga sabab boʼlishi isbotlandi.