2020 yil 23 sentyabrda Rossiya Federatsiyasining "Rosgeo" AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan direktor o‘rinbosari Pyotr Zolotaryov, O‘zbekiston tomonidan bo‘lim raisi Abdurazzoq Mirzaev boshchilik qildilar. Bu tadbir tomonlar o‘rtasida joriy yil boshidan beri o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Mazkur jarayonda hududlarni rivojlantirish uchun mineral-xomashyo bazasini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari va uni diversifikasiya qilish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda qo‘shma geologik-qidiruv ishlarini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi. Onlayn yig‘ilishda Qizilqum va Nurota konchilik mintaqalarida mazkur ishlarni olib borish istiqbolli ekanligi ta'kidlandi. Bunda Navoiy bo‘limining O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi maqomiga ega bo‘lgan mobil tadqiqot va ishlab chiqarish geologik qidiruv otryadini yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi. Biroq, bunga ish to‘xtab qolmasligi uchun potensial investorlarni va savdo bozorining mavjudligi, ishning rentabelligi va hajmidan kelib chiqib bosqichma-bosqich o‘tilishi va buning uchun barcha nyuanslarni batafsil hisoblab chiqish kerakligi ta'kidlandi. Masalan, bentonit, dolomit va kvars qumlari kabi noma'dan foydali qazilmalar jamlagan “Vaush” konida tajriba loyihasini amalga oshirish mumkin bo‘lib, ilk qadam sifatida axborot-taxlil markazini yaratilishi, u yerda tomonlarni qiziqtiradigan ma'lumotlar bazasini yaratish taklif qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar olingan ma'lumotlar foydali, ularni keng doiradagi mutaxassislar bilan muhokama qilish kerak, degan xulosaga kelidilar. Tomonlar bir ovozdan O‘zbekiston va Rossiyaning geologik-qidiruv potensialini birlashtirish mintaqaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga imkon beradi, degan fikrga keldilar. Bunda Toshkentdagi «Rosgeo Uzbekistan» MChJning mavjudligi o‘z qissasini qushishi mumkinligiga alohida urg‘u berildi.
FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.