Qabul muddati:
2026-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar. Hujjatlar Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi 2027-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qiladi:
- 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya:
PhD – 2 o‘rin.
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin.
- 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq,yer osti va qurilish):
PhD – 1 o‘rin.
- 06.02.01 - Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik:
PhD – 1 o‘rin.
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin.
- 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi:
PhD – 1 o‘rin.
Stajyor-tadqiqotchi – 1 o‘rin.
Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
- Ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbekcha va ruscha);
- Magistratura yoki mutaxassislik diplomi nusxasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- Pasport nusxasi;
- Prezident davlat stipendiyasi hujjati (mavjud bo‘lsa);
- Til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.
Eslatma:
Doktorantura va tayanch doktoranturaga topshiruvchilar uchun til sertifikati majburiy hisoblanadi.
Talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Mas‘ul: Yusupov X. tel: +998 94 223 53 73