Ustav

O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar Akademiyasi

Navoyi bo’limi

USTAVI

I.  UMUMIY QOIDALAR

            Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limining faoliyatini tashkil etish tartibi, maqsadi va vazifalarini belgilaydi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi (quyida - «Bo‘lim»)  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”  2017 yil 27 fevraldagi PQ-2789 sonli  Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy bo‘limi faoliyatini  tashkil qilish chora- tadbirlari  to‘g‘risida  2017 yil   apreldagi VMQ-    - sonli Qarori  asosida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining mustaqil  yuridik tashkiloti maqomiga ega bo‘lgan  «Bo‘lim»  sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bo‘lim  o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Hay’atining ilmiy-uslubiy rahbarligi ostida amalga oshiradi.

2. Bo‘lim o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunchilik hujjatlari,   Fanlar Akademiyasining Nizomi hamda ushbu Nizom asosida olib boradi. 

Bo‘lim tezkor boshqarish huquqi asosida alohida mulkka ega bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

4. Bo‘limning to‘liq  rasmiy nomlanishi:

o‘zbek tilida  – O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar Akademiyasi Navoyi bo’limi;

rus tilida -  Navoiyskoe otdelenie Akademii nauk Respubliki Uzbekistan (sokra—Čenno «NO AN RUz»);

ingliz tilida  -  Navoi branch of Academy  of Sciences of Uzbekistan.

5. Institut manzili:  -  Navoiy sh.,  104070, G‘alaba shoh  ko‘chasi______

6.  Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanib, o‘z alohida mulkiga,  mustaqil balansiga, banklarda o‘z hisob, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, o‘z nomidagi  gerbli dumaloq muhrlarga, gerbli blankasiga, shtamp, emblema va o‘z ish faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa  belgi va atributlarga ega.

7. Bo‘lim o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarga ega bo‘lishi, mas’ul  bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

 

II. BO‘LIM FAOLIYaTINING MAQSADLARI, ASOSIY VAZIFALARI VA YO‘NALIShLARI

 

8. Bo‘limning faoliyati tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan asosiy yo‘nalishlari va dasturlari, ishlarning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari bilan  aniqlanadi.

9. Bo‘lim quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib boradi:

  • Navoiy viloyatidagi sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari korxonalarining holatini tizimli tahlil qilish va ularning dolzarb ilmiy muammolarini samarali yechimini topish uchun aniqlash;
  • Navoiy viloyatidagi  iqtisodiyot tarmoqlari  korxonalarining texnik va texnologik rivojlantirishga yo‘naltirilgan va energo va resurstejamkorlikni ishlab chiqarishga tadbiq qilishni, mahsulotlar tannarxini pasaytirishni va hudud aholisining turmush farovonligini oshirishni ta’minlovchi texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borish;
  • Navoiy viloyatini ijtimoiy – iqtisodiy, texnologik  rivojlantirishga yo‘naltirilgan  ilmiy –tadqiqotlarni  monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
  • geologiya, konchilik ishi, metallurgiya, kimyo, geotexnologiya, robototexnika, mexatronika, nanotexnologiya, biotexnologiya, agrokimyo, ekologiya, avtomatika, energetika va mashinasozlik sohalarida hudud muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan fundamental, amaliy tadqiqotlar o‘tkazishda va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqishda faol qatnashish;  
  • Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkillashtirish va ko‘maklashish;
  • Navoiy viloyatining muammolarini o‘rganishga va ular bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirilgan dasturlar doirasida Xalqaro xamkorlikni tashkillashirish, shu jumladan hamkorlikda bajariladigan ilmiy tadqiqotlarga  xorijlik yetuk  mutaxassislarni jalb qilish;
  • yuqori malakali  mutaxassislarni tayyorlashda, hududdagi oliy ta’lim yurtlari  o‘qituvchilarining, hamda ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislarining  malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish; 
  • Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlarida ishlab chiqarish,  fan va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha integratsiya jarayonlarini tezlashtirishga yordam beruvchi tashkiliy, intelektual hamda moddiy- texnik sharoitlarni  yaratish. 

10.  Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq ravishda:

  • Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari,  qishlok xo‘jalik tarmoqlarining dolzarb muammolarini o‘rganib, ularni yechimini topishda takliflar ishlab chiqadi  hamda    muammolar yechimini topishga  yo‘naltirilgan Respubikadagi   Ilmiy -tadqiqot institutlari tomonidan  bajariladigan xo‘jalik shartnomalari, amaliy va innovatsionn ilmiy –tadqiqotlarning  olib borilishi  muvofiqlashtiradi;
  • Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari,  qishlok xo‘jalik tarmoqlari tashkilotlari  bilan Respublikadagi   Ilmiy -tadqiqot institutlari o‘rtasida tuziladigan tarmoqlardagi mavjud muammolarini yechishga, mahsulot tannarxini kamaytirishga, innovatsion ishlanmalarini yaratishga  yo‘naltirilgan xo‘jalik shartnomalarining rasmiylashtirishi va bajarilishi jarayoni   bilan  bog‘liq bo‘lgan xizmat turlarini  ko‘rsatishi hamda  shartnomalarining samarali bajarilishini nazorat qilishi, ilmiy maslahatlar va    loyihalarga ekspertiza xulosalarini berishi evaziga tuzilgan shartnomalarning umumiy bahosidan 5 foyiz mablag‘ oladi;
  • Navoiy viloyatining iqtisodiy rivojlanishiga, aholisining ijtimoiy- turmushining yaxshilanishiga, viloyatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan  ilmiy tadqiqotlar olib boradi va  bu tadqiqotlarga  Respublikamizdagi  Ilmiy -tadqiqot institutlarini jalb qiladi;
  • tanlov loyihalari, xo‘jalik shartnomalari va xorijiy grantlarga muvofiq ravishda ilmiy tadqiqotlar va ishlarni amalga oshiradi;
  • fanning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ahamiyatiga molik tadqiqot ishlari olib boradi;
  • innovatsion dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etadi va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etadi;
  • Vazirliklar, Boshqarmalar, kompaniyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olingan ilmiy tadqiqot natijalarini   Navoiy viloyatining  hamda Respubliamizning iqtisodiy sohalarida  ishlab chiqarishga  o‘z vaqtida qo‘llash choralarini amalga oshiradi;
  • Navoiy viloyati xududida hamda Respublikamizdagi   ilmiy muassasalar, ilmiy-texnik markazlar, oliy o‘quv yurtlari (avvalo magistratura tarmog‘i), kolledjlar, akademik litseylar, vazirliklar, boshqarmalar, kompaniyalar, korxona va tashkilotlar, ilmiy va ilmiy –texnik uyushmalar, ijodiy ittifoqlar bilan o‘zaro manfaatli ilmiy, ilmiy-texnik hamkorlikni o‘rnatadi va rivojlantiradi;
  • Bo‘lim  ilmiy xodimlari, respublika va xorijiy olimlar va mutaxassislar ishtirokida s’ezd, simpozium, seminar, konferensiyalar hamda dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolar bo‘yicha kengashlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
  • Bo‘limning hamda  Navoiy viloyatidagi  sanoat korxonalari,  qishlok xo‘jalik tarmoqlarining umumiy muammolari bo‘yicha xalqaro s’ezd, konferensiya, simpozium, seminarlarda ishtirok etadi;
  • ilmiy bilimlarni jamiyatda keng targ‘ibot qiladi;
  • ilmiy va amaliy tadqiqotlar bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida ilmiy-texnik hisobot va ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda  ularni yuqori tashkilotlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etadi
  • ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarni nashr etish uchun material tayyorlaydi va yo‘llaydi;
  • ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
  • ilmiy-texnik, mualliflik va Bo‘lim manfaati uchun   ahamiyatli ishlarni himoya qiladi;
  • Xorijiy ilmiy-tekshirish, konsultatsion va o‘quv markazlari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni o‘rnatadi va mustahkamlaydi, ular bilan xamkorlik shartnomalarini tuzadi, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yadi;
  • mustaqil xolda xarajatlar smetasi, shtat jadvali, shuningdek, oylik maosh  miqdori va mehnatga haq to‘lash shartnomalarini shakllantiradi;
  • mehnat, tartib intizom, xavfsizlik texnikasi va davlat ijtimoy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunlarga amal qilishni ta’minlaydi, mehnatni tashkil etishni takomillashtiradi.

 

III. BO‘LIMNING TAShKILIY TARKIBI

11. Bo‘limning tashkiliy tarkibi ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlariga, joriy etilgan vazifalariga muvofiq ravishda shakllantiriladi,   Ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi va rais  tomonidan tasdiqlanadi, zarur hollarda Fanlar Akademiyasi Hay’ati bilan kelishiladi.

12. Bo‘limda  Bo‘lim Ilmiy kengashi  hamda    Navoiy viloyati sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik tarmoqlarining yuqori malakali xodimlari  va  respublikamizdagi Ilmiy tadqiqot institutlari yetuk olimlaridan tarkib topgan    ilmiy-maslahatchi organ  sifatida   Idoralararo Ilmiy -texnik kengash ham faoliyat ko‘rsatadi.

13. Bo‘limning tarkibiy qismiga ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari  bo‘yicha faoliyat  olib boruvchi  laboratoriyalar, ilmiy-texnik bo‘linmalar, ilmiy loyihalarni amalga oshiruvchi guruhlar, ishlab chiqarish  sinov tajriba uchastkalari kiradi.

Bo‘lim  strukturasi uzluksiz ravishda rivojlanib va takomillashib boradi.

14. Bo‘linmani fan doktori yoki nomzodi unvoniga ega bo‘lgan mudir boshqaradi. Bo‘linmalar ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan tashkil topadi.

Laboratoriya umumiy  yo‘nalish bo‘yicha birlashgan bir necha ilmiy-tadqiqot guruhidan (loyihadan) tashkil topishi mumkin.

Laboratoriya tarkibiga bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi, stajerlar va loyihaning amalga oshirilishida ishtirok etuvchi muhandis-texnik va ilmiy-ko‘makchi xodimlar kiradi.

15. Ilmiy-tadqiqot bo‘linma (laboratoriya) mudiri:

-bo‘linma (laboratoriya) faoliyatiga rahbarlik qiladi va bo‘linma (laboratoriya)ga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga ma’sul hisoblanadi,  ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish, shakllantirish va bajarilishini ta’minlaydi,  kadrlar tayyorlaydi. Ilmiy- tadqiqot bo‘linmasi mudiri bir vaqtning o‘zida bo‘linma tarkibiga kiruvchi laboratoriyaga rahbarlik qilishi mumkin.   

16. Loyihaning ilmiy rahbari ilmiy tadqiqotlar dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihaga rahbarlikni amalga oshiradi va uning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

17. Bo‘lim dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan kengashda  a’zo sifatida qatnashadi  va   yetuk mutaxassislar tayyorlashda Bo‘limda doktorantura faoliyatini tashkillashtiradi.

18. Maqsadli dasturlar va loyihalarni, shuningdek alohida topshiriq va buyurtmalarni bajarish uchun Bo‘limda  Akademiya miqyosida va tashkilotlararo miqyosda alohida yoki mavjud strukturalar tarkibida markazlar, vaqtinchalik jamoalar tuzilishi mumkin.

19. Bo‘lim qoshida  Fanlar Akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq xolda ish yuritadigan Bo‘lim faoliyati yo‘nalishlariga mos holda ilmiy va muammolar  kengashlari tuzilishi mumkin. Muammolar kengashi ushbu ilmiy muammolar bilan shug‘ullanayotgan yetakchi olim va mutaxassislardan tuziladi va fanning ushbu sohasida ilmiy-maslahatchi organ bo‘lib hisoblanadi.

20. Bo‘lim tarkibida yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi bo‘linmalar bilan birga ilmiy-yordamchi, texnik, ma’muriy-xo‘jalik va boshqa bo‘linmalar va xizmatlar faoliyat ko‘rsatadi.

21. Ishlanmalarning iqtisodiyot sohalariga tadbiq qilinishini tezlashtirish maqsadida Bo‘lim qoshida, belgilangan tartibda, konstruktorlik byurosi, tajriba va ishlab chiqarish bo‘linmlari tashkil qilinishi mumkin.

22. Institut shtat jadvaliga lavozim yo‘riqnomalari rais tomonidan belgilangan yangi lavozimlar kiritilishi mumkin.

23. Bo‘lim qoshida turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida ish ko‘ruvchi kichik va qo‘shma korxonalar,ilmiy ishlab chiqarish markazlari, firmalar, aksionerlik jamiyatlari va Bo‘limdagi yo‘nalishlarga mos faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa  kommersion va  xo‘jalik hisobidagi  korxonalar tuzilishi mumkin.

24. Bo‘limning tarkibiy bo‘linmalari (shuningdek vaqtincha bo‘linmalar) ushbu Nizom va  rais  tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida shakllanadi va o‘z faoliyatini yuritadi.

IV. BO‘LIMNI BOShQARISH

 25.  Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi raisi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti statusiga tenglashtiriladi, hamda o‘rindoshlik asosida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktorining ilmiy ishlar va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanadi va  Vazirlar Mahkamasi qarori asosida yillik hisobotiga qarab har yili qaytadan tasdiqlanadi.

26. Bo‘lim raisi davlat hokimiyati va boshqarishning  hamma respublika va mahalliy organlarida, idoralarda, kompaniyalarda, assotsiatsiyalarda, korxonalarda, tashkilotlar va muassasalarda, jamoat birlashmalarida va shuningdek chet ellarda  bo‘lim  vakili hisoblanadi.

Bo‘lim raisi:

Bo‘lim faoliyatini  yakka hokimlilik asosida boshqaradi va Bo‘limga yuklangan barcha vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ushbu Nizomga rioya qilinishi  uchun shaxsan javob beradi, Bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning huquqlarini belgilaydi;

joriy yil va istiqbol uchun ilmiy tadqiqotlarning rejasini ishlab chiqish, shakllantirish ishlarini tashkil qiladi;

Bo‘limning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlari asosida laboratoriyalarning, boshqa tarkibiy tuzulmalarning va tadqiqot guruhlarining ilmiy-tadqiqot rejalarini tasdiqlaydi;

yuqori tashkilotlarda Bo‘limda o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha masalalar muhokama qilinayotganida ishtirok etadi;

Fanlar Akademiyasining rahbar organlarida,  yuridik va jismoniy shaxslar va tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlarda Bo‘lim manfaatlarini  himoya qiladi;

ilmiy-tadqiqot, tajribaviy va sinash-konstruktorlik ishlari mavzularini tanlovga tayyorlash, ularni amalga oshirish, ilmiy kadrlar yetishtirish bo‘yicha   prognozlar tayyorlash, ajratilgan mablag‘lar doirasida ilmiy-tadqiqot mavzularini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minotini ta’minlash, ilmiy ishlarni chop etish va Bo‘limning boshqa ishlariga rahbarlik qiladi, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlaydi;

Bo‘lim  Ilmiy kengashi faoliyatini boshqaradi;

Bo‘limning  xalqaro ilmiy aloqalarga oid ishlariga rahbarlik qiladi, chet ellardagi ilmiy muassasalar va olimlar bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik dasturlarining bajarilishini belgilangan tartibda tekshirib boradi;

Bo‘limning   Respublikadagi boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan ilmiy-texnik faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;

ilmiy tadqiqot ishlari va boshqa topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan joriy tekshiruv uyushtiradi, ilmiy tadqiqot bo‘linmlarining,  shu jumladan alohida olingan xodimlarning ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotini eshitadi;

belgilangan tartibda Bo‘limning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to‘g‘risida yuqori tashkilot va boshqarmalarga hisobot  taqdim etadi va  ma’ruzalar qiladi;

har yili   Idoralararo Ilmiy - texnik  kengashda , Fanlar akademiyasi xay’atida muhokama qilinib, maqullangan Bo‘limning ilmiy, tashkiliy va xo‘jalik faoliyati natijalari haqida  yillik hisobotni   Vazirlar Mahkamasiga    taqdim etadi;

ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlariga  tanlov o‘tkazish huquqiga ega  va Ilmiy kengashning tanlovlar natijalari bo‘yicha qarorlarini tasdiqlaydi;

Bo‘limning  ilmiy risolalarini va xodimlarning ilmiy ishlarini nashrga tavsiya etadi, rejadan tashqari ishlarni titul varag‘ida Bo‘limning nomi ko‘rsatilgan holda nashr etishga  ruxsat beradi;

tanlovda ishtirok etishi uchun o‘rnatilgan tartibda loyihalarni tavsiya etadi;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ishonch qog‘ozisiz, o‘rnatilgan tartibda Bo‘lim  mablag‘larini  va shu jumladan kredit mablag‘larini boshqaradi;

Bo‘lim nomidan shartnoma va kelishuvlar imzolaydi  va shunday shartnomalar tuzishga ishonch qog‘ozlari beradi;

xodimlarning shtat jadvalini tasdiqlaydi, ilmiy tashkilotlar uchun o‘rnatilgan lavozim okladlari bo‘yicha va bo‘linma hamda  loyiha rahbarlarining raportlari asosida ishlovchilarga mehnatga haq to‘lash miqdorini belgilaydi;

moddiy rag‘batlantirish va ishchilarni mukofotlashning tizimi va shaklini belgilaydi, lavozim okladlariga ustama va qo‘shimcha to‘lovlar o‘rnatadi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish haqida qarorlar qabul qiladi;

Bo‘limning ilmiy va boshqa xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimga o‘tkazadi  va ularni ishdan bo‘shatadi;

Bo‘lim kreditlarining bosh  taqsimlovchisi bo‘lib hisoblanadi va ularning to‘g‘ri ishlatilishiga amaldagi qonunchilik asosida shaxsan javob beradi;

Bo‘lim  ixtiyoridagi mablag‘ va ish haqi  fondi doirasida smeta moddalari bo‘yicha xarajatlarini tasdiqlaydi;

ish haqi fondi doirasida Bo‘limning tarkibini va shtatlarini, shuningdek  uning tarkibiga kiruvchi tegishli bo‘limlarni tasdiqlaydi;

Bo‘limda  ishlab chiqilgan Nizomda belgilangan tartib va miqdorda xodimlarga ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi;

 O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat budjetida turgan korxona va tashkilotlardagi buxgalterlik hisobi instruksiyasiga, amaldagi davlat budjeti kirim va chiqimlar klassifikatsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq buxgalterlik hisobini  tashkil etadi;

pullar, tovar-mahsulot va boshqa qimmatli narsalarni qabul qilish va topshirish uchun, Bo‘limning kredit va hisob kitob majburiyatlarida hamda buxgalterlik hisoboti va balansida asos bo‘lib xizmat qiladigan imzo qo‘yish huquqini tegishli  buyruq bilan tasdiqlaydi;

o‘rnatilgan tartibda rahbar, ilmiy, muxandis-texnik xodimlar va mutaxassislar bilan shartnomalar tuzadi;

doktoranturalarga qabul bo‘yicha tanlov natijalarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning muntazam  attestatsiyasi natijalarini tasdiqlaydi;

Bo‘lim  xodimlarini rag‘batlantiradi va o‘rnatilgan tartibda intizom jazosini qo‘llaydi;

sud organlarida, hakamlik sudida, bank va boshqa muassasalarda Bo‘lim nomidan qatnashadi, shuningdek ayrim  shaxslarga ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik masalalarini hal qilishni topshiradi;

o‘rnatilgan tartibda o‘z vakolati doirasida  Bo‘lim bo‘yicha buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;

Bo‘limning asosiy fondi va boshqa mulklarining  saqlanishini ta’minlaydi;

amaldagi qonunchilik va Fanlar Akademiyasining  Nizomi asosida  berilgan  barcha huquqlardan alohida  ishonch qog‘ozisiz foydalanadi;

amaldagi qonunchilik asosida Bo‘lim faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi va hal qiladi;

Bo‘lim raisi Bo‘lim  ishtirokida tuzilgan kichik,  qo‘shma korxonalar, ilmiy markazlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning  ishlab chiqarish faoliyatidan  olingan foydaning  ta’sischi sifatidagi Bo‘limga tegishli ulishlarini, hamda xo‘jalik shartnomalarining bajarilishidan olingan  sof foydani, xodimlarni  moddiy rag‘batlantirish fondiga, avtotransport vositalari, asbob-uskunalar sotib olishga, qurilish va qayta  ta’mirlash ishlariga mustaqil  ravishda yunaltirishga xaqlidir.

o‘zining ba’zi funksiyalarini rais o‘rinbosarlariga yuklash huquqiga ega.

Bo‘lim raisining muovini

27. Bo‘lim raisining muovini rais tomonidan  Fanlar akademiyasining prezidenti hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi bosh direktori bilan kelishilgan xolda kontrakt  asosida (fan doktori yoki fan nomzodlaridan) tayinlanadi.

28. Bo‘lim raisining muovini o‘z faoliyatini bo‘linma  mudirlari va loyiha rahbarlari bilan uzviy bog‘langan holda olib boradi va doktoranturalar faoliyatini boshqaradi.

29. Bo‘lim raisining muovini vazifalarning belgilangan taqsimotiga ko‘ra ilmiy va ilmiy-yordamchi bo‘limlarning ilmiy va ilmiy – tashkiliy faoliyati uchun ma’suldir.

30. Bo‘lim raisining muovini  rais yo‘q vaqtlarida uning vazifasini bajaradi.

31.Bo‘lim raisi muovinining  huquqlari va vazifalari .Bo‘limning Nizomiga muvofiq rais tomonidan belgilanadi va lavozim yo‘riqnomasida reglamentlanadi.

32. Xalqaro aloqalarning kengayib borishi munosabati bilan, Fanlar Akademiyasining prezidenti bilan kelishilgan holda huquq va majburiyatlari  Bo‘lim Nizomi asosida rais tomonidan belgilangan, raisning halqaro aloqalar bo‘yicha muovini  lavozimi kiritilishi mumkin.

33. Raisning muovinlari bir nechta bo‘lganda ular o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti  rais  tomonidan maxsus buyruq chiqarish orqali belgilanadi.

Rais maslahatchisi

34.  Zaruriy holatda rais maslahatchisi rais buyrug‘i asosida   maslahatchi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Fanlar akademiyasi  Prezidenti hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori  bilan kelishilgan holda  akademiklar va fan doktorlari ichidan kontrakt asosida tayinlanadi.

 

 Ilmiy kengash

35. Ilmiy kengash  kollegial organ bo‘lib, .Bo‘limning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini hal qilish uchun tashkil etiladi. Uning tarkibiga  rais, raisning muovinlari, ilmiy kotib, Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zolari, (akademiklar),  bo‘linmalarning rahbarlari va boshqa yetakchi olimlari,  zarur bo‘lganda yordamchi  bo‘linmalarning bosh mutaxassislari hamda kasaba uyushmasi tashkilotining vakili kiradi;

36.  Ilmiy kengash tarkibiga boshqa tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi  mumkin.

37. Ilmiy kengashning  shaxsiy tarkibi raisning tavsiyasi bilan bir yil muddatgacha  (rais vakolatining  muddati doirasida) O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

38. Bo‘lim raisi lavozimi  bo‘yicha Ilmiy kengashning raisidir, u yo‘q  vaqtda raisning muovini rais bo‘ladi; Bo‘lim ilmiy kotibi Ilmiy kengashning ilmiy kotibidir.

39.  Ilmiy kengash:

tanlovlar mavzulari va mavzuiy  rejalari bo‘yicha  tayyorlangan ilmiy tadqiqot, tajribaviy, sinash-konstruktorlik ishlari  loyihalarini, ilmiy kadrlar tayyorlash prognozlarini, konferensiyalar kengashlar o‘tkazish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Bo‘limning hamma asosiy bo‘linmalari va butun Bo‘limning  ilmiy va ilmiy–tashkilotchilik faoliyatining eng muhim natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Bo‘limning tarkibiy qismlaridagi o‘zgarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi;

muhim ilmiy muammolarni belgilaydi, ilmiy ma’ruzalarni tinglaydi, institutning  o‘ta muhim ilmiy ishlari natijalariga baho beradi;

Bo‘lim xodimlari tomonidan   tayyorlangan ilmiy ishlarni  nashrga tayyorlash va chop etish rejalarini  ko‘rib chiqadi va nashrga tavsiya qiladi;

respublikaning boshqa ilmiy muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish rejalarining bajarilishini  muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi;

ilmiy kadrlarni tayyorlash rejalarini, doktorlik dissertatsiyalarini mavzularini, tadqiqotchilarni ish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

ilmiy tadqiqot bo‘limlari mudirlari va  tanlov loyihalari, tadqiqot guruhlari rahbarlarining shuningdek, ayrim ilmiy xodimlarning hisobotini eshitadi;

ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;

buyuk ilmiy asarlar, ilmiy yangiliklar va ixtirolarni  Davlat mukofotiga, shuningdek buyuk olimlar nomidagi medal va mukofotlarga tavsiya etadi;

Bo‘lim xodimlarini faxriy nishonlarga va boshqa mukofotlarga tavsiya etadi;

O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasiga, sohalar bo‘yicha va boshqa Fanlar Akademiyalariga  haqiqiy a’zolikka  (akademiklikka)  saylash uchun  nomzodlar ko‘rsatadi;

Oliy attestatsiya komissiyasiga  ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar bilan chiqadi;

ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallashi  uchun tanlovlar o‘tkazadi.

40. Ilmiy kengash, agar majlisda ro‘yxatdagi tarkibning  uchdan ikki qismi ishtirok etsa, qaror qabul qilish huquqiga ega. Ilmiy kengashning qarori ishtirok etuvchilarning 50 va undan yuqori foizi ovoz bergan takdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘rib  chiqilayotgan masala mohiyati yashirin ovoz berishni talab qilmasa, ochiq ovoz berish   yo‘li  bilan qaror qabul qilinadi;

41. Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorlari Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida qabul qilinadi, ilmiy  laboratoriyalar (bo‘limlar) mudirlarining va ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun tanlov masalalari bo‘yicha qarorlari amaldagi Nizom asosida qabul qilinadi.

42. Ilmiy kengash qarorlari Bo‘lim raisi tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

Ilmiy kotib

43. Ilmiy kotib Bo‘limning raisi tomonidan kontrakt asosida Fanlar Akademiyasining  prezidenti hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori  bilan kelishilgan holda   tayinlanadi.

44. Ilmiy kotib raisning ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlar bo‘yicha yordamchisi hisoblanadi.

45. Ilmiy kotibning vazifalari:

  • yuqori rahbar tashkilotlarning topshiriqlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Bo‘lim  bo‘linmalarining takliflari asosida  tanlovlar uchun ilmiy-tadqiqot va tajribaviy ishlarini tayyorlashda, kengash va konferensiyalar uyushtirishda,  ilmiy ishlarni nashr qilishda ishtirok etadi;
  • Bo‘limning  ilmiy-tashkiliy faoliyati bo‘yicha yig‘ma hisobot tuzadi;
  • Bo‘lim  Ilmiy kengashini zarur hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek Bo‘lim    qoshida tuzilgan ilmiy kengashlarga va s’ezd, konferensiya, sinpozium, kengashlar tashkiliy qo‘mitalariga yordam beradi;
  • doktoranturalar ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
  • Bo‘limning  xizmat bo‘yicha yozishmalarini o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishini nazorat qiladi;

46. Bo‘limning  xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshirish vazifasi yuklangan ilmiy kotib:

  • xalqaro ilmiy hamkorlik ishlariga rahbarlik bo‘yicha rais yordamchisi hisoblanadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining chet ellar bilan xalqaro ilmiy hamkorligi dasturlari bo‘yicha takliflar va birlashma olimlarining chet ellarga xizmat safari  uchun kerakli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • belgilangan tartibda chet el olimlarining Bo‘limda  qabul qilinishini tashkil etadi va ularning  tashrif buyurish  rejalarini bajarilishini ta’minlaydi;
  • xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha hisobot tayyorlaydi;

47. Ilmiy kotibning huquqlari va vazifalari Bo‘lim Nizomiga va lavozimlar yo‘riqnomasiga asosan  rais tomonidan belgilanadi.

48. Bo‘limning bosh hisobchisi  Fanlar Akademiyasining bosh moliya-iqtisodiy bo‘limi bilan kelishilgan holda rais tomonidan tayinlanadi va o‘z faoliyatini bosh hisobchilar haqidagi Nizomga asosan yuritadi. Bosh hisobchining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida aniqlanadi.

49.  Bo‘linma (laboratoriya) mudirlari, loyiha rahbarlari, yetakchi ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodimlar, kichik ilmiy xodimlar va boshqalarning lavozim bo‘yicha vazifalari ushbu Nizom va tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida aniqlanadi.

                         V. IDORALARARO ILMIY-TEXNIK KENGASh FAOLIYATI

50.  Bo‘limning Idoralararo ilmiy-texnik kengashi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Bo‘limning tashkiliy tarkibiga kiritilgan bo‘lib,   Bo‘lim ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish,  uning vazifalarini to‘laqonli bajarishini  ta’minlash maqsadida tashkil etilgan  jamoatchilik asosidagi ilmiy- maslahatchi organdir.

51. Bo‘limning Idoralararo ilmiy-texnik kengashi Nizomi va Kengash a’zolarining ro‘yxati Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasining  prezidenti tomonidan  tasdiqlanadi.

52. Idoralararo ilmiy-texnik kengashi kollegial organ bo‘lib Navoiy viloyati sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik tarmoqlarida mavjud muammolarini yechish, ishlab chiqariladigan  mahsulotlarning tannarxini pasaytirish, iqtisodiy samaradorligini oshirish, aholining turmushi faravonligini oshirishga yo‘naltirilgan   ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini yuqori malakali mutaxassislar va yetuk olimlar o‘rtasida muhokama kilish orqali, xolis baho berish va natijalarni ishlab chiqarishga jalb qilishga  ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi.

53. Idoralararo ilmiy-texnik kengashi tarkibiga Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarining yetuk olimlar va   Navoiy viloyati sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik tarmoqlari tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislari hamda    Bo‘lim raisi, raisning muovinlari, ilmiy kotibi kiradi;

54. Idoralararo ilmiy-texnik kengashiga Fanlar akademiyasining prezidenti raislik qiladi.  

55. Idoralararo ilmiy-texnik kengashning tarkibida: geologiya, konchilik ishlari, kimyo, qishloq xo‘jaligi, energetika kabi tarmoqlar muammolari yechimni topishni muhokama qiladigan alohida seksiyalar ishchi guruhlari   faoliyat ko‘rsatadi.

56.  Idoralararo ilmiy-texnik kengashning seksiyalarida yo‘nalishlar bo‘yicha Navoiy viloyatidagi  sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik tarmoqlari tashkilotlari hamda Respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot muassasalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning muvaffaqiyatli bajarilishini monitoring qilish,  tadqiqot natijalari hisobotlarini   har yarim yilda (zarurat tug‘ilganda har chorakda)  ishchi guruhlari   tomonidan muhokama qilinib, ilmiy tavsiyalar beriladi.

57. Idoralararo ilmiy-texnik kengashning seksiyalari ishchi guruhlari   tuzilgan xo‘jalik shartnomalarining bajarilishi saviyasini monitoring qilish, olingan natijalarning haqqoniy ilmiy asoslanganligini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazish (zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha soha mutaxassislarini jalb qilish orqali),  olingan  xulosalari  asosida  Kengash muxokamasiga shartnomalarni moliyalashtirishni  to‘xtatish yoki ko‘paytirishga   tavsiyalar kiritish xuquqiga egadir.

58. Idoralararo ilmiy-texnik kengashning seksiyalari ishchi guruhlari ekspertlariga   tuzilgan xo‘jalik shartnomalarining bajarilishini monitoring qilishgani, ilmiy maslahatlar berishgani hamda tadqiqotlardan  olingan natijalarning haqqoniy ilmiy asoslanganligini aniqlash uchun ilmiy tahlillar asosida  ekspertiza xulosalari berishgani  uchun haq to‘lash Bo‘limning xarajatlar smetasida ko‘zda tutiladi.

 

VI.  BO‘LIMning  huquq  va  majburiyatlari

59. Nizom bo‘yicha o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va halqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan huquqiy munosabatlarda o‘z nomidan  ishtirok etishi;

o‘zining vakolat doirasiga kiruvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga zid bo‘lmagan zarur qarorlar qabul qilishi va amalga oshirishi, o‘z faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy  va tashkiliy masalalarini mustaqil hal qilishi;

shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishi, olingan foydani Bo‘lim xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga sarflashi;

 olib borilayotgan tadqiqotlarga ekspert sifatida, kontrakt asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar mutaxassislari, tadqiqot markazlari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va chet el olimlari va o‘qituvchilarini jalb qilishi;

vazirliklar, boshqarmalar, korxona va tashkilotlarga qonunchilikka mos ravishda axborot, konsalting va chop etish xizmatlari ko‘rsatishi;

o‘rnatilgan tartibda ish bo‘yicha xalqaro hamkorliklarni amalga oshirishi,  olimlar va mutaxassislarni chet mamlakatlarga  ilmiy safarga yuborishi, chet el olimlarini, xalqaro ijtimoiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning vakillarini chet el firmalari va kompaniyalarning vakillarini  taklif qilishi va qabul qilishi;

nashriyot va poligrafiya faoliyatini amalga oshirishi, ilmiy va davriy nashrlar chop etishi;

ilmiy kutubxonani yig‘ishi va to‘ldirishi;

Bo‘limning harajatlar smetasini aniqlashi va tasdiqlashi, budjet va nobudjet mablag‘larni shuningdek chet el valyutasini olishi  va sarflashi,  iqtisodiy va moddiy rahbatlantirish fondlari yaratishi;

intellektual va boshqa mulklarga, xo‘jalik va boshqa faoliyat orqali olingan mahsulot va foydalarga  shuningdek, qonunchilik asosida ishlab topilgan  mulklarga  ega bo‘lishi, foydalanishi va boshqarishi, 

o‘zining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishi, kapital qurilishni amalga oshirishi, asosiy fondlarni rekonstruksiya qilishi va tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi;

banklarda va boshqa moliyaviy muassasalarda hisob raqamini ochishi va ular bo‘yicha mos operatsiyalar o‘tkazishi;

rasmiy xalqaro yo‘ldoshli, telekommunikatsion va kompyuter aloqalarni sotib olishi va foydalanishi;

Bo‘lim o‘z qaramog‘ida mustaqil balansda istalgan shakldagi mulkchilikka ega
bo‘lgan konstruktorlik tashkilotlari, tajriba ishlab chiqarishlari, kichik va qo‘shma korxonalar, firmalar va boshqa tijorat korxonalariga ega bo‘lishi mumkin.

60.  Bu huquqlarga muvofiq,  Bo‘lim:

Ilmiy loyihalarni mablag‘lashtirishni yangi tizimiga o‘tishning qoidalari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining amaldagi va istiqbol dasturlari, hamda olingan natijalarni iqtisodiyotning turli sohalarida va boshqa tarmoqlarda  qo‘llash dasturlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadi;

doktoranturalarga qabul qilish rejasi bo‘yicha, maqsadli tayyorlashni hisobga olgan holda takliflar ishlab chiqadi;

Bo‘limning tahririy – nashriyotchilik faoliyati rejalarini tuzadi va amalga oshiradi;

asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminar, simpozium va maktablar, shu jumladan xalqaro tadbirlar o‘tkazish loyihasini tuzadi va amalga oshiradi;

dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha  ixtisoslashtirilgan kengashlar tuzadi va ularning ish faoliyatini ta’minlaydi, zarur bo‘lgan holda bu kengash ehtiyojlari  uchun  harajatlar smetasini tuzadi, ularni tasdiqlaydi va  Bo‘limning joriy yil harajatlarining umumiy  ro‘yxatiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan, o‘z xodimlari bilan ular yaratgan  intellektual mulk ob’ektlariga  huquq beruvchi shartnomalar tuzadi;

belgilangan tartib asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi, ularga,  shu jumladan, intellektual mulk (patent, litsenziya, «nou-xau», foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, «injenering» xizmati, konsalting va boshqalar) ob’ektlari natijalari ham kiradi;

Bo‘limning ilmiy sohasiga mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba – konstruktor ishlarini bajarish uchun shartnomalar tuzadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham  shunday  shartnomalar tuzilishi mumkin;

Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha buyurtmachilar bilan  tuzilgan shartnomalardagi ilmiy-tadqiqot  ishlari (ITI)  hajmini mustaqil belgilaydi va bu shartnomalardan tushgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan smeta bo‘yicha  sarflaydi;

faoliyatining rejadagi ko‘rsatkichlari bajarilgan taqdirda, tadqiqot va ishlanmalar uchun ajratilgan budjet mablag‘larini va buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tushgan mablag‘ni tejash natijasida hosil bo‘lgan foydani jamoa ixtiyorida qoldiradi;

tarkibiy bo‘linmalar  sonini va xodimlar miqdorini belgilaydi;

ayrim dasturlarni, loyihalarni shu jumladan ayrim buyurtma va topshiriqlarni bajarish va ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tezroq joriy etish uchun vaqtincha ijodiy jamoalar tuzadi;

muayyan lavozimlar uchun belgilangan razryadlar chegarasida razryadlarni, tarif stavkalarini va maoshlarga amaldagi qonunchilik ko‘zda tutgan ustamalarni va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlaydi va o‘zgartiradi;

birlashma ichida foydalanishga mo‘ljallangan normativ hujjatlarni (lovozim yo‘riqnomalari, tarkib, bo‘linmalar, ularning o‘zaro munosabatlari, ishlarni tashkil qilish, mehnatga haq to‘lash sistemasi, harajatlarni hisobdan chiqarish va hokazo) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va joriy qiladi;

mehnatga vaqtbay asosida xaq to‘lashda, ishbay asosida ishlovchilarning tarif stavkalari qo‘llaniladigan ishchi kasblarining ro‘yxatini belgilaydi, ish sharoiti og‘ir va  zararli bo‘lgan, o‘ta og‘ir va o‘ta zararli bo‘lgan ishchilar uchun shunday ishlarning sohalar bo‘yicha ro‘yxati asosida tarif stavkalariga farqli qo‘shimcha to‘lovlar belgilaydi; 

mehnat haqidagi qonun va uzluksiz ish kunida ishlovchi xodimlar lavozimlarining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati asosida uzluksiz ish kunida ishlovchi xodimlar uchun qo‘shimcha ta’til muddatini   belgilaydi;

maqsadga muvofiq xollarda xodimlarga belgilangan tartibda bir yo‘la bir necha lavozimda ishlash va xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirishga ruxsat beriladi;

 mukofotlash va ustama xaq to‘lash haqidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq xodimlarni mukofotlaydi va ularning lavozim maoshlariga ustama haq belgilaydi;

ilmiy tadqiqot ishlarini moddiy-texnik  ta’minoti  bo‘yicha tezkor  faoliyat ko‘rsatadi; uzluksiz va bir me’yorda ishlash uchun homashyo, materiallar, yonilg‘i va boshqa resurslarning  zarur zahiralariga ega bo‘ladi hamda ularni tejab sarflash choralarini ko‘radi;

ixtiyoridagi mablag‘ doirasida qurilish, asosiy fondlarning rekonstruksiyasi, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini olib boradi, pudrat shartnomasi yoki xo‘jalik usuli asosida olib borilayotgan ishlarning bajarilishini nazorat qiladi, ob’ektlar va sotib olingan asbob-uskunalarning jadal ishga tushirilishini ta’minlaydi;

Bo‘lim boshqa tashkilotlardan naryadsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri, shartnoma bo‘yicha beriladigan mahsulotlarni oladi, shuningdek, moddiy-texnik ta’minotiga zaruriy buyumlarni ulgurji va chakana savdo yo‘li bilan sotib oladi, amaldagi qonunlarga muvofiq ishlab chiqarish va texnikaga oid mahsulotlarni, shuningdek, nashrlarni  sotish va  almashtirishni yo‘lga qo‘yadi. Asosiy faoliyatidan tashqari tushgan nobudjet mablag‘lari hisobiga vositachilik, konsalting va lizing operatsiyalarini bajaradi, amaldagi qonunchilikka asoslanib qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar  bajaradi. 

o‘rnatilgan tartibda axborotni uzatish tarmoqlarini  loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish             ishlarini bajaradi;

maxsus maqsadlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, qo‘llash va kuzatish ishlarini amalga oshiradi;

vaqtincha ishlatilmay turgan maydon, xona va asosiy jihozlarni ijaraga beradi;

asosiy fondlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha shartnomalarni Bo‘lim mustaqil tuzadi.

61. Bo‘lim eng yaxshi ilmiy ish uchun, shu jumladan yoshlar uchun ham maxsus mukofotlar ta’sis etishi va tegishli tanlov o‘tkazishi mumkin;

62. Bo‘lim o‘z xodimlarining shuningdek boshqa fan va madaniyat xodimlarining fan tarixi uchun qimmatli bo‘lgan  qo‘lyozmalarini shakllantirish, saqlash va ularni arxivga uzatish huquqiga ega.

63. Bo‘lim boshqa ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, fondlar, nashriyotlar va boshqa mamlakatlar tashkilotlari bilan bosma nashrlar almashish huquqiga ega.

64. Bo‘lim o‘zining ba’zi tarkibiy bo‘limlarini alohida balansga o‘tkazish huquqiga ega, bunda bu bo‘limlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarlik mas’uliyati Bo‘limga yuklatiladi. Ko‘rsatilgan bo‘linmalarning aktiv va passivi Bo‘limning umumiy balansiga kiritiladi.

65. Bo‘limga berilgan huquqlar rais tomonidan yoki o‘rnatilgan vazifalar taqsimoti bo‘yicha Bo‘limning boshqa mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

66. Bo‘lim olingan natijalarning yuqori saviyada va sifatli ekanligiga, ularning jahonning eng ilg‘or natijalari darajasida ekanligiga, ilmiy jamoaning  ijodiy imkoniyatlarini maksimal realizatsiya qilishiga sharoit yaratib berilganligiga  javobgardir.

67. Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha  Bo‘limning vazifalari:

  • yuqori tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari qarorlari bilan yuklatilgan vazifalarni, shuningdek xo‘jalik sub’ektlari bilan ilmiy-izlanish va amaliy ishlarni bajarish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda olingan majburiyatlarni sifatli bajarish;
  • yosh mutaxassislarning malakalari va bilimlarini oshirish uchun hamma sharoitlarni yaratib berish, Bo‘lim ilmiy potensialining o‘sishiga yordam berish;
  • mulk vositalari va mehnat resurslarini samarali sarflash;
  • Bo‘lim balansidagi ishonib topshirilgan mulkning butunligini ta’minlash, ilmiy uskuna va asboblarning ishlash qobiliyati va foydalanish xarakteristikalarini saqlab  turish;
  • Bo‘lim xodimlarini ma’naviy-ma’rifiy,  madaniy va jismoniy tarbiyalash bo‘yicha faoliyat yuritish.

68. Bo‘lim davlat budjeti, ta’minotchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘z vaqtida va to‘la miqdorda hisob-kitob qilib borishga majbur.

69. Bo‘lim  mehnat haqidagi qonun, mehnatni muhofaza qilishning qoidalari va me’yorlari,  texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi,   davlat sotsial sug‘urtasi, mehnat intizomi  haqidagi qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi.

70. Bo‘lim o‘rab turgan havo, tuproq va suv havzalarini himoya qilish uchun, xo‘jalik chiqindilari, oqava suv va tashlandiqlar bilan ifloslanmasligi uchun, shuningdek, shovqin va radioto‘sqinliklarga qarshi kurashish uchun  zarur choralarni ko‘radi. 

VII. BO‘LIM FAOLIYaTINING IQTISODIY ASOSLARI

71. Bo‘lim ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini va xo‘jalik faoliyatini olib borishda, Bo‘limga  biriktirilgan bino, inshoot, uning balansida turgan asosiy va boshqa mulk fondlari, shu bilan birga budjetdan tashqari faoliyat tufayli ega bo‘lgan moddiy boyliklar va mablag‘lar, ilmiy izlanishlar, patent-nashriyot va boshqa faoliyat turlari tufayli yaratilgan nomoddiy aktivlardan foydalanadi.

72. Bo‘lim o‘z faoliyatini unga o‘tkazilgan asosiy fond va mulklar, hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida shaxsan ega bo‘lgan asosiy fond va mulklardan foydalangan holda amalga oshiradi.

73. Bo‘limning ish faoliyatini tashkillashtirish, saqlash,boshqaruv, yordamchi xizmat, bo‘linmalarning zaruriy ilmiy xodimlari oylik maoshlari, kommunal xizmat, avtotransport,  safar xarajatlari va boshqa   Bo‘limning to‘laqonli  faoliyat ko‘rsatishi uchun   zarur mablag‘lar hamda  amaliy va innovatsion tadqiqotlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlar  “Navoiy kon-metallurgiya   kombinati” Davlat korxonsining mablag‘lari  hisobidan, shu jumladan tegishli ilmiy-texnologik  ishlanmalarnin joriy etish natijasida olingan  sof foydaniing 10 foizi miqdori evaziga   tasdiqlangan  yillik  xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiriladi. 

74. Bo‘limning qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari  O‘zbekistan Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish Agentligi tomonidan tanlov loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar,  shu bilan birgalikda belgilangan tartiblarda jalb qilingan budjetdan tashqari (xo‘jalik shartnomalari asosidagi ishlar, tashqi va ichki investitsiyalar, maxalliy va xorijiy  grantlar, ishlab chiqarilgan maxsulot va intellektual mulklarning realizatsiyasidan kelgan foydalar, xomiy tashkilotlarning qaytarilmaydigan yordami va boshqa manba’lar) mablag‘lar hisoblanadi.

 75. Bo‘limning budjet mablag‘ini sarflash ilmiy loyihalarni mablag‘lashtirish uchun o‘rnatilgan tartib asosida, ajratilgan mablag‘ doirasida, loyiha rahbari tomonidan tuzilib, rais  tasdiqlagan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi. 

 76. Nobudjet mablag‘lar esa budjet tashkilotlari uchun tuzilgan normativ xujjatlarda belgilangan tartib asosida sarflanadi.   Xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ishlar, maxalliy va chet el grantlarini amalga oshirish uchun vaqtincha bo‘limlar, guruhlar yoki vaqtincha ijodiy jamoalar tuzilishi mumkin.

77.  Bo‘lim   quyidagi huquqlarga ega:

-xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan jalb qilingan boshqa mablag‘lar hisobiga yaratilgan o‘z mablag‘i va foydasining bir qismi asosida rivojlantirish fondlari, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va sotsial himoya qilish  fondlari va shu kabi maxsus moliyaviy  va innovatsiya fondlari tashkil qilishi  mumkin. Ushbu fondlarni tuzish va fond mablag‘larini sarf qilish Fanlar Akademiyasi  Hay’ati tomonidan O‘zbekiston respublikasi  Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan  maxsus  qonun qoidalar asosida olib boriladi;

-ustama harajatlar uchun ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan boshqaruv apparati va boshqa yordamchi bo‘limlar harajatlarini, shuningdek bilvosita kommunal harajatlarni  qoplaydi;

- o‘z mablag‘lari miqdoridan kelib chiqqan holda, xizmatchilar mehnatiga haq to‘lashni mustaqil ravishda hal qiladi;

 -belgilangan tartibda ma’naviy  va jismoniy eskirgan, ishlatib bo‘lingan, kelajakda ishlatishga va sotishga yaramaydigan asosiy vositalarni, ilmiy jihoz va asboblarni, transport vositalarini, inventar, asbob va boshqa moddiy boyliklarni, debitor va kredit qarzlarini, boshqa qarzlar, shu jumladan kamomad qarzlarini o‘z balansidan o‘chiradi;

-belgilangan tartibda eskirgan va ishlatilmaydigan jihozlarni, asboblarni, materiallarni, inventarni sotishi va shuningdek ayrim hollarda Hay’at qaroriga asosan boshqa tashkilotlarga bepul berishi mumkin. Sotishdan tushgan mablag‘ qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda Bo‘lim  ixtiyorida qoladi;

-budjetdan tashqari faoliyat yuritishda  Bo‘lim  balansidagi budjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek  boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobiga olingan asosiy vositalardan foydalanishi mumkin.

78. Bo‘lim  o‘z balansidagi bino, imorat, asosiy fond va boshqa mulklarning saqlanishini ta’minlaydi. Bular O‘zbekiston Respublikasi  qonunlarida ko‘rsatilgan tartibda egalik qilish huquqi va mulkchilik  shaklini o‘zgartirmagan holda  boshqa tashkilotlarga ijaraga berilishi mumkin.

 

VIII. HISOB-KITOB, HISOBOT VA NAZORAT

79. Bo‘lim  o‘z faoliyati bo‘yicha, operativ va buxgalterlik hisob-kitobi, statistik hisobot yuritadi va hisobot natijalari va balans hisoblarining haqqoniyligini ta’minlaydi.

 

            IX. BO‘LIM  Nizomini o‘zgartirish va to‘ldirish   

80. Bo‘lim Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish Bo‘lim Ilmiy kengashining qarori va Akademiya Xay’atining kelishuvi bilan amalga oshiriladi va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

 

X. BO‘LIM ni qayta tashkil etish va tugatish

 

81. Bo‘limni qayta tashkil etish  va tugatish Fanlar Akademiyasining Qarori bilan, Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarori asosida amalga oshiriladi.

 

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Xay’atida  muhokamasi  qilinib,  maqullangan  va tasdiqlashga tavsiya qilindi.