Innovasiya taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch

 

Joriy yilning 29-31-oktyabr' kunlari poytaxtimiz Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek-2019» II Xalqaro innovasion g‘oyalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tatbirda ilmiy innovasion markazlar, investisiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlarning vakillari o‘tgan yili 20 ga yaqin mamlakatdan ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil 30 dan ortiq mamlakat ishbilarmonlari va olimlar innovasion ishlanmalarini namoyish etdi. Ular orasida Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tadqiqotchilari, yosh olimlari ham faol qatnashdi.

 

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni namoyish etish, aholi turmush darajasini yaxshilash va eng yangi texnologiyalarni almashish orqali mamlakat iqtisodiyotiga foydali bo‘lgan yangi investisiya imkoniyatlarini joriy qilish edi. Forum muzokaralar va o‘zaro foydali bitimlarni amalga oshirish maydoniga aylandi. Haftalik doirasida Xalqaro innovasion yarmarka, innovasiya va investisiya forumi va robototexnika bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro yarmarkada Navoiy bo‘limi o‘z ilmiy ishlanmalari bannerlarini taqdim etdi. Birinchisi - gips bog‘loqchi moddalarni ishlab chiqarishning innovasion usuli, kvars qumi boyitish texnologiyasi va dolomit kompleks qayta ishlash orqali magnezitni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, ikkinchisi - bentonit gillaridan foydalangan xolda paxtaga ekstraksiyalangan urug‘larni ishlab chiqarish va kiritish, qurilish materialllari va bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun lalmi yerlarda pavlovniya plantasiyalarini yaratish, tomchilatib sug‘orish orqali mayiz va sharob uchun uzumzorlar yetishtirshi, cho‘l chorvachiligi va seleksiya tizimini takomillashtirish istiqbolli loyihalarni o‘z ichiga oldi.

Bundan tashqari, bo‘lim “Elektrokimyozavod” AJ QK bilan ishlab chiqilgan va mamlakatning bir qator viloyatlardagi paxta dalalarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan mahalliy xom ashyolardan import o‘rnini bosuvchi, innovasion qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning tez o‘sishini ta'minlovchi preparatlarni hamda pavloniya daraxtining yog‘och na'munalarini namoyish etdi.