Urug‘chilik mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi FA Navoiy bo‘limi huzuridagi «Fermerlarga amaliy yordam va konsalting xizmatlari ko‘rsatish markazi» qoshidagi «Fermerlar va olimlar klubi» tashabbusi bilan “Urug‘chilik yo‘nalishining rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Navoiy shahrida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Istamov olib borgan mazkur tabdirda agrar va urug‘chilik sohasiga oid tegishli tashkilot va muassasalaring rahbar va mutaxasislari qatnashdi.

 

 

S.Istamov “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da respublikani 2020 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar qa'tiy belgilab berilganligi, unga asosan bu aynan ijod ahliga, olimlarimizga qaratilganligi, bu borada viloyatdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi Navoiy viloyat bo‘limi va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining olimlari o‘z ishlanmalari va yillar davomida to‘plagan tajribalarini endilikda ishlab chiqarishga joriy etgan holda mutaxassislar va fermer xo‘jaliklari raislariga taqdim qilishlari kerakligiga e'tibor qaratdi.

Tadbirda urug‘chilik yo‘nalishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va 2020 yilga sifatli mahalliy urug‘ navlarini yaratish to‘g‘risida fikrlar almashildi. Bodring, pomidor, soya, makkajo‘xori va karam navlarining mahalliy sifatli, hosildor navlari yaratilganligi, lekin ba'zi sabablarga ko‘ra e'tibordan chetda qolganligi va hozirgi kunda bu borada olingan ma'lumotlar, tajriba natijalariga tayangan holda bu navlarni qishloq xo‘jaligida keng targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida aytib o‘tildi.

 

 

Shuningdek, FA Navoiy bo‘limiga qarashli “Qizilqum” ilmiy-tadqiqot tajriba stansiyasi” DUK rahbari tomonidan, o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, 20 ga yerga cho‘l o‘simliklari ekilganligi va moddiy qo‘llab quvvatlantirilsa, adir yerlardan imkon boricha unumli foydalanish mumkinligi bo‘yicha takliflar berildi. Bundan tashqari, Bo‘limning kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo‘jaligi bo‘limi ilmiy xodimlari tomonidan 2020 yilda qishloq joylarda aholini ish bilan band qilish chora-tadbirlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar aytib o‘tildi. Bunda, asosan, aholining dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekiladigan ekin turlari va ularni ekish jarayonlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Bu borada aholini ish bilan band qilish bo‘yicha qishloq joylarda ekish imkoni bo‘lgan 5 ta o‘simlik turini (za'faron, na'matak, tirnoqgul, moychechak va qizilquyruq) keng yoyish va aholini daromad olishga bo‘lgan ishonchini oshirish orqali amalga oshirish munkinligi haqida takliflar kiritilib, ma'qullandi va mutasaddi tashqilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ilmiy tadqiqot markazlarida tajriba maydonchalari yaratilib, amalda qo‘llash imkoni bo‘lgan tajriba ishlarini olib borish va ilmiy asoslab berish lozimligi ta'kidlandi hamda tumanda va qishloq joylardagi talablarga qarab beda, arpa, poliz va savzavotchilik ekinlarini ekish ishlari rejalashtirildi.

FA Navoiy bo‘limi

matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!