Tabriklaymiz!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq 28 kishi yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Ularning orasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi I bosqich tayanch doktoranti, Navoiy viloyati "Kelajak liderlari" klubi prezidenti - Mirdodojon Babayev ham bor.

Mirdodajon doktoranturaga o‘qishga kirgan kunidan boshlab o‘zini mas'liyatligi, o‘ziga talabchanligi hamda mehnatsevarligi bilan Navoiy bo‘limi ilmiy jamoasi o‘rtasida hurmat qozondi. Bugungi kunda u 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Texnogen chiqindilardan nodir metallarni ajrtib olish texnologiyasini yaratish” mavzusida o‘z ilmiy-tadiqot ishlarini olib bormoqda.

FA Navoiy bo‘limi jamoasi nomidan Mirdodojon Babayevni tabriklaymiz va kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!