Kadrlar tayyorlash – ustuvor vazifa


2022 yilnig 3 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi va O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Mazkur xujjatning asosiy maqsadi – tomonlar o‘rtasida xamkorlik aloqalarini o‘rnatish va davlatimizda pedagogika fanlari va ta'lim sohasidagi innovasion ishlanmalarni targ‘ib qilish va amaliyotga joriy etish maqsadida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Shuni ta'kidlash joiz-ki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, mutasaddi idora va muassasalarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar. Ushbu topshiriqlarni bajarilishida mazkur memorandumda ko‘rsatilgan bandlarni ijro etilishi yordam beradi.

Bunda Navoiy bo‘limi va O‘zbekiston Pedagogika fanlari ITI hamkorlikda Navoiy viloyatidagi kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning individualligini hisobga olgan ta'lim texnologiyalarini joriy etilishiga, zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik materiallar ishlab chiqishga, maktabgacha va o‘rta umumta'lim muassasalarining pedagog-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogikaga oid kompetentliklarini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion loyihalar ustida ishlash nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy bo‘limining bir gurux ilmiy xodimlari 2021 yilda Nurota tumani o‘rta umumta'lim maktablarining o‘qituvchilari bilan innovasion pedagogik texnologiyalarni ammaliyotga joriy etish maqsadida ikki marotaba 18 soatlik maxsus dastur asosida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazgan edilar. Endilikda esa ushbu faoliyat yanada katta kuch va faollik bilan davom ettiriladi.

FA Navoiy bo‘limi matbuot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!