Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi


Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

 

Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida FA Navoiy bo‘limi rahbariyati “BMB Trade Group” investision-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Mazkur kompaniya jahon standartlari talablariga muvofiq ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chikarish, qayta ishlash, saqlash va xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Uchrashuvda hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro kelishildi. Muzokaralar davomida yaqinda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 

 

 

Tantanali marosimda Navoiy bo‘limining raisi A.Mirzaev, uning halqaro aloqalar va tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Nurboev hamda “BMB Trade Group” kompaniyasining Kuzatuv Kengashi raisi B.Mamatkulov va boshqa a'zolari ishtirok ettilar. Mazkur kompaniyaning tarkibiga bitta qo‘shma hamda uchta sho‘'ba korxona kirishini ta'kidlash joiz.

Memorandumning muhim jihati shundan iboratki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliy-ilmiy ishlanmalarning ilg‘or yutuqlaridan foydalanish va mavjud loyihalarga sarmoya jalb etish niyatlari borligi xaqida e'tirof etildi.

Uchrashuv davomida kompaniyani bo‘lim loyihasiga kiritish istiqbollari muxokama qilinib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlanish muddatini o‘zaytirish va sifatini saqlashga yo‘naltirilgan «Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nokimyoviy mikroblarga qarshi ishlov berish usuli» innovasion texnologiyasini O‘zbekistonda tadbiq etilishi muhokama etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tegishli instituti va Rossiya kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda O‘zbekistonning bir-nechta viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab maxsus ishlov berishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlab chiqarish markazlarini yaratish va shu yerda elektron tezlatgichlar vositasida olinadegan elektronlarning yuqori quvvatidan foydalanish nazarda tutildi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini aniqlash bo‘yicha regional-tahliliy laboratoriyalarini tashkil etilishi ushbu uchrashuvdagi alohida mavzu bo‘ldi.

Muzokaralar so‘ngida tomonlar imzolangan xujjatlar ijrosining amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

 

Rasmlar “BMB Trade Group” kompaniyasi tomonidan berilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!