Doktoranturaga 2020 yil uchun qabul boshlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy tayanch doktoranturaga 2020 yil uchun quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha qabul eʼlon qilinadi:

- 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi – 1 oʼrin;

- 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya – 1 oʼrin;

- 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) – 1 oʼrin;

- 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi – 1 oʼrin;

- 05.02.02 – Mexanizmalar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari – 1 oʼrin.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga hamda muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza-tezisga ega boʼlish;

- xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

- mutaxassislik;

- chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʼrganilgan xorijiy til).

Tayanch doktoranturada oʼqishga talabgorlar qabul komissiyasiga phd.mininnovation.uz onlayn platformasi orqali kerakli maʼlumotlarni toʼldirib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- pasport nusxasi;

- qisqacha biografik maʼlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.

Hujjatlar 2019 yilning 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2019 yilning 1-25 noyabr davrida boʼlib oʼtadi.

Maʼlumotlar uchun tel: (79) 223-42-29.